Ta’limda Suqrot so’roqlashi usulidan foydalanish
Чет тилиSuqrot (Sokrat) kabi so’roqlash (ba’zan Socratic maieutics, deb ham yuritiladi) maummoning asl mohiyatini ochish, murakkab fikrlarni tushunib olish, shubhalarni qat’iy ishonchga aylantirish, mavjud ma’lumotlarni analiz qilish, biladiganlarimizni bilmaydiganlarimizdan ajratib olish, muhokamani boshqarish, yoki bildirilayotgan fikrning mantiqiy tarzda bo’layotganligini ta’minlash kabi keng qamrovli, turli yo’nalishdagi maqsadlar yo’lida ishlatilishi mumkin. Suqrot so’roqlashidan foydalanishning afzalliklari, so’roqlash usulining tarmoqlanganligi, fikrlashning asosiy jihatlarini to’liq qamrab olganligi hamda muammolarni hal qilish asoslarini o’zida mujassamlashtirganligidadir.
O’qituvchining Suqrot so’roqlashidan foydalanishidagi asosiy maqsadi o’quvchining ma’lum ilm sohasidagi bilimining qanchali darajada chuqur ekanligini aniqlash, uning mushohada yuritishini tekshirish, muammoli holatlarni bartaraf etishda qanchalik amaliy usullardan foydalayotganligini kuzatish hisbolanadi. O’quvchilarni so’roqlashga o’rgatish orqali ularga tayyor ma’lumotlarni berish bilan cheklanmasdan, mavjud bilim va ko’nikmaga asoslangan holda yangi kashfiyotlar qilishga, o’z fikrlashindan kelib chiqib hulosalar chiqarishga o’rgatish mumkin. Suqrotning o’zi ham “So’roqlash ta’limning asosi, har qanday o’rgatishning mazmuni”, deb aytgan.
Ta’lim jarayonida o’qituvchilar Suqrot so’roqlashidan asosan ikki maqsadda foydalanishadi:
savol berish orqali o’quvchining ma’lum sohani, yoki ma’lumotni qay darajada tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;
o’quvchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so’roqlash orqali tushunchalarning asl mohiyatini ochishga o’rgatish.